Toshkent Kimyo-Texnologiya Institutida Erasmus+ Kuni

Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Erasmus+ milliy ofisi hamkorligida О‘zbekistonda  4-12 oktabr kunlari «Erasmus+ haftaligi» о‘tkazilmoqda.

«Erasmus+  haftaligi»ning maqsadi – oliy ta’lim olishga qiziquvchi yoshlarni Erasmus+ dasturida individual tarzda ishtirok etish imkoniyatlari, loyihalarga hujjatlarni topshirish tartibi va shartlari haqida ma’lumotlar berishdan iborat. Shuningdek, Yoshlar uchun bir qator tadbirlar, bugungi kunda amalga oshirilayotgan Erasmus+ loyihalari uchun foto va videokо‘rgazmalar, radioviktorina va shu qatorda Erasmus+ dasturida qatnashish uchun qanday qilib muvaffaqiyatli loyihalar tayyorlash bо‘yicha mahorat-darslari bо‘lib о‘tadi.

«Erasmus+  haftaligi» doirasida 7 oktyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Erasmus+ kuni tashkil etildi.

Erasmus + kuni TKTI rektori professor Sh.A.Mutalov tomonidan ochib berildi. Rektor о‘z nutqida institutda amalga oshirayotgan keng qamrovli ishlar tо‘g‘risida, professor-о‘qituvchi va talabalarning xalqaro akademik almashinuv dasturlarida ishtiroki, hamda institut Erasmus + UzDOC2.0 va IQAT loyihalarida faol ishtiroki xaqida ma’lumotlar berdi. Seminar tashkil etilgan konferensiya honasi ham zamonaviy ta’lim tizimini tashkil etish maqsadida Evropa Ittifoqining Erasmus + grantlari yordamida  videokonferensiya uskunasi va smart doskasi bilan ta’minlanganligi ta’kidlandi.

 

Presentation by Azizbek Kamolov on participation in the academic exchange program in Poland
TKTI rektori prof.Sh.A.Mutalov

 

NEO expert K. Bakhadirov. Tashkent Chemical-Technological Institute
NEO eksperti K.Bahadirov ma’ruzasi

 

NEO eksperti Kudrathon Bahadirov tomonidan «Erasmus+ dasturining O’zbekistondagi faoliyati, CBHE,  Jean Monnet, MSCA boyicha imkoniyatlar” xaqida taqdimot berildi va NEO loyiha menedjeri Gulshoda Karlibaeva «Erasmus+ dasturining individual ishtirokchilari uchun imkoniyatlar, Xalqaro kredit mobilligi (ICM), yo’nalishlari boyicha loyihalarni tayyorlash, ma’lumot olish va ishtirok etish” xaqida 40 dan ortiq tinglovchilarga ma’lumot berib о‘tdi.

Tadbir davomida TKTI dan Erasmus+ dasturlari doirasida akademik almashinuv loyixalarda ishtirok etgan о‘qituvchi  Aziza Maqsudova va talaba Aziz Kamolov о‘z tajribalari bilan fikr almashdilar.

Aziza Maqsudova almashinuv dasturida ishtirok etib, 04.05.2019 y.-12.05.2019 y. kunlari Ruminiyaning “1 dekabr 1918 Alba Yuliya universiteti”da “Atrof-muxit muxofazasi” fanidan talabalariga 8 soat dars berish bilan birgalikda, ushbu universitetda tashkil etilgan qator seminarlarda, “Staff week” xaftaligida xam faol ishtirok etib kelgan.

 

. Presentation by Azizbek Kamolov on participation in the academic exchange program in Poland
Azizbek Kamolov Polshada akademik almashinuv dasturida ishtirok bо‘yicha prezentatsiyasi

 

Institutning “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi Ruminiyaning “1 dekabr 1918 Alba Yuliya universiteti” bilan yaqin xamkorlik aloqalarini о‘rnatgan, 09.04.2019-19.04.2019 y. kunlari ushbu universitet dotsenti BOGDAN DECEBAL MANOLI Toshkent kimyo-texnologiya  instituti talabalari uchun “Ekologik xuquq” fanidan 10 soat dars о‘tdi. Bunday tadbirlar institutda ta’lim sifatini ta’minlashga va yangi dasturlarni rivojlantirishga imkoniyat beradi.

2018-2019 о‘quv yili davomida institutning 3 nafar talabasi, 4 nafar professor-о‘qituvchisi Erasmus+ loyixalari doirasida almashinuv dasturlarda ishtirok etdi. Jumladan, Vest Timisoara Universitetida (Ruminiya) 14.02.2019-17.07.2019 y.y. kunlari “Sanoat iqtisodiyoti menejmenti” yо‘nalishi talabasi Seytmetova Farangiz Tо‘lqin qizi; Sileziya texnologiya universiteti (Polsha) 25.02.2019 - 06.07.2019 y.y. kunlari “Informatika, avtomatika va boshqaruv” yо‘nalishi 2-kurs magistr talabasi Kamolov Azizbek Baxtiyor о‘g‘li; Chexiya tabiiy fanlar universitetida (Chexiya) 25.09.2018  - 15.02.2019 y. kunlari “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” yо‘nalishi talabasi Abbosbek Ikrombekov bir semestr davomida muvoffaqiyatli о‘kib keldi.

 

Head of International Cooperation Department of TCTI Z.A. Babakhanova
TKTI Xalqaro xamkorlik bо‘limi boshlig‘i Z.A.Babaxanova

 

Kamolov Azizbek о‘z ma’ruzasida magistraturada о‘qish davomida Sileziya texnologiya universitetida akademik mobillik dasturida ishtirok etish tartibi, xujjatlarni rasmiylashtirish, Polshaga viza olish jarayoni xaqida batafsil ma’lumot berib о‘tdi. Magistraturani a’lo baxolarga bitirgan Kamolov Azizbek hozirda institutda “Informatika, avtomatika va boshqaruv” kafedrasida faoliyat olib bormoqda.

Tadbir yakunida institutning Xalqaro xamkorlik bо‘limi boshlig‘i Z.A.Babaxanova tomonidan institutda amalga oshirilayotgan turli tadbirlar haqida taqdimot namoyon etildi. Institutning halqaro loyihalarda ishtiroki kengayib bormoqda va hozirgi kunda TKTI 72 xorijiy OTM bilan hamkorlik shartnomalar va memorandumlar imzolaganligi ta’kidlandi, shu jumladan Evropa Ittifoqining (Ispaniya, Daniya, Ruminiya, Polsha)  7ta xorijiy OTMlari bilan akamedik almashinuv KA-107 shartnomalari imzolangan.

2018 yil 58 nafar institut xodimlari, hamda 24 nafar talaba magistraturaga xorijiy OTMlarga malaka oshirish, stajirovka va о‘qishga yuborilgan bо‘lib, 2019 yilning 9 oy davomida (yanvar-oktabr) 45 nafar institut xodimlari va о‘qituvchilari, hamda 50 dan ortiq talaba xorijiy OTMlarda magistratura bosqichida (Ulsan universiteti, Sileziya texnologiya universiteti, KNITU maqsadli magistratura; TXTI-BGTU qо‘shma dasturi) ta’lim olmoqda.

Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti bakalavriat va magistratura talabalari, doktorant va professor о‘qituvchilar, hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti о‘qituvchilari faol ishtirok etdi va Erasmus+ loyixalar doirasida xalqaro xamkorlikni rivojlantirish bо‘yicha fikr almashdilar.

«Erasmus+ haftaligi» davomida turli tadbirlar Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi, Fanlar Akademiyasi Yosh olimlar Kengashi, Toshkent davlat texnika universiteti,  Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent moliya instituti, О‘zbekiston milliy universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetlari hamkorligida amalga oshirilishi xam rejalashtirilgan.

Ushbu Xaftalik davomida ilk marotaba Tempus va Erazmus+ (SVNE, ICM, CBHY) loyihalari uchun onlayn foto va video kurgazma 11 oktabr kun davomida bо‘lib о‘tishi kо‘zda tutilmoqda. Onlayn foto va videokо‘rgazmaning maqsadi - Erasmus+ dasturining yutuqlari va uning oliy ta’lim jarayoniga bо‘lgan ta’siri xaqidagi foydali ma’lumotlarni о‘z ichiga olgan foto va videomateriallar orqali keng auditoriyaga yetkazishdan iborat.

 

NEO Project Manager Gulshoda Karlibaeva
NEO loyiha menedjeri Gulshoda Karlibaeva